Kim kira oladi, qanday hujjat kerak, o'qish qancha davom etadi va bitirgandan keyin nima bo'ladi. Javobini topmasangiz — qo'ng'iroq qiling.
9-sinf va 11-sinf bitiruvchilari. 2026/2027 o'quv yilida 9-sinf negizida 270 o'rin (5 yo'nalish), 11-sinf negizida 210 o'rin (6 yo'nalish) ajratilgan.
Qabul o’rinlari jadvali →2026/2027 o'quv yili uchun qabul 2026-yil aprel oyida e'lon qilingan. Aniq muddatlar tasdiqlangach «Qabul» sahifasida, «Yangiliklar» bo'limida va Telegram kanalida e'lon qilinadi.
Qabul kalendari →Ma'lumot to'g'risidagi hujjat (attestat yoki diplom) asli va nusxasi, ID karta yoki tug'ilganlik guvohnomasi nusxasi, tibbiy ma'lumotnoma, 3×4 fotosurat va imtiyozli toifaga kirsangiz — tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlar ro’yxati →11-sinf negizidagi barcha 210 o'rin davlat granti asosida — to'lov yo'q. 9-sinf negizidagi o'rinlar bo'yicha grant va kontrakt taqsimoti tasdiqlangach e'lon qilinadi.
Kontrakt va imtiyozlar →Jami 18 yo'nalish: qishloq xo'jaligi, veterinariya va kinologiya, avtomobil servisi, IT va aloqa, buxgalteriya, tikuv va oshpazlik. 2026/2027 o'quv yilida 11 tasiga qabul bor.
Barcha yo’nalishlar →9-sinf negizidagi yo'nalishlarda o'qish muddati — 2 yil. Ta'lim shakli — kunduzgi va dual.
O’qish qanday boradi →O'quv dasturining bir qismi korxonada o'tadi: nazariya darsda, kasb ishlab chiqarishda. 2026/2027 qabul rejasida 210 o'rin dual shaklda.
Dual ta’lim →2026/2027 qabul rejasidagi barcha 480 o'rin o'zbek tilidagi guruhlar uchun.
Qabul →Yotoqxona mavjud emas. Texnikumda 36 o'rinli oshxona (bufet) ishlaydi. Texnikum Nazarbek shaharchasi yonida, Korzinka Nazarbek do'konidan 1,7 km masofada.
Manzil va xarita →Kundalik masalalar — guruh rahbari bilan. O'quv jarayoni bo'yicha — o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Abdullayeva Muqaddas Egamberdiyevna, +998 97 404-66-42. Umumiy masalalar — +998 90 905-15-57.
Kimga murojaat qilish →Ha, kasbga yaqin bakalavr yo'nalishi bo'yicha. Har bir yo'nalish sahifasida qaysi bakalavr yo'nalishlari yaqin ekani ko'rsatilgan.
Yo’nalish sahifasi →Amaliyot hamkor korxonalarda tashkil qilinadi: talaba o'qish davomida bo'lajak ish joyini ko'radi va ko'p holda amaliyot o'tgan korxonada qoladi.
Bitiruvchilar →Yozib qoldiring — javob beramiz. Savol ko'p takrorlansa, shu sahifaga qo'shamiz.
ZANGIOTA TUMAN
2-SON TEXNIKUMI