Asosiy mazmunga o'tish
+998 90 905-15-57 info@zangiotatex.uz Qabul komissiyasi: dushanba–shanba, 09:00–17:00
UZ RU EN
ZANGIOTA TUMAN 2-SON TEXNIKUMI Qabulga yozilish
+998 90 905-15-57
UZRUEN
ZANGIOTA TUMAN 2-SON TEXNIKUMI
Qabul
Texnikumning zamonaviy o'quv xonasi

Bo'sh ish o'rinlari

Texnikumga o'qituvchi, ishlab chiqarish ta'limi ustasi va xodim qabul qilish ochiq e'lon orqali olib boriladi. Ochiq o'rin bo'lmasa ham rezyumengizni qoldiring — mos o'rin ochilganda birinchi bo'lib bog'lanamiz.

01Vakansiyalar

Ochiq o'rinlar

Hozircha ochiq o'rin yo'q

Yangi o'rin ochilganda shu yerda lavozim, talablar, ish yuklamasi va hujjat topshirish muddati bilan e'lon qilinadi. E'lon Telegram kanalimizda ham chiqadi.

E'lon namunasi: lavozim · yo'nalish yoki fan · stavka · talab qilinadigan ma'lumot va tajriba · hujjat qabul qilish muddati · mas'ul shaxs telefoni.

02Hujjatlar

Ishga kirish uchun hujjatlar

  1. 01Ariza — direktor nomiga
  2. 02Rezyume yoki ma'lumotnoma (obyektivka)
  3. 03Pasport yoki ID-karta nusxasi
  4. 04Ma'lumot to'g'risidagi diplom va ilovasi nusxasi
  5. 05Mehnat daftarchasi yoki mehnat faoliyati to'g'risida ko'chirma
  6. 063×4 rasm — 2 dona
  7. 07Tibbiy ko'rikdan o'tganlik haqida ma'lumotnoma

Aniq ro'yxat har bir e'londa lavozimga qarab ko'rsatiladi. Asl nusxalar suhbat kuni ko'rsatiladi.

03Tanlov tartibi

Qanday tanlanadi

01

Hujjat qabul qilish

Rezyume sayt orqali yoki kadrlar bo'limiga yuboriladi. E'londa ko'rsatilgan muddat ichida qabul qilinadi.

02

Hujjatlarni ko’rib chiqish

Ma'lumoti, mutaxassisligi va tajribasi lavozim talabiga mosligi tekshiriladi.

03

Suhbat

Rahbariyat bilan suhbat. O'qituvchi va usta uchun — ochiq dars yoki amaliy topshiriq.

04

Ishga qabul

Mehnat shartnomasi tuziladi va buyruq chiqariladi.

04Ish sharoiti

Qayerda ishlaysiz

Texnikumning uch qavatli o'quv binosi
3852 m²
3 qavatli o'quv binosi va alohida ustaxonalar korpusi, 2,39 ga hudud
23 + 7
O'quv va amaliyot xonalari
2 ta kompyuter xonasi, 4 ta ustaxona: chilangarlik, avto texnik xizmat, tikuvchilik, payvandlash
26+
Pedagoglar jamoasi
Sport zal, futbol maydoni, 36 o'rinli oshxona. Ish vaqti du–sha, 09:00–17:00
Ish haqi va stavka — har bir e'londa
05Rezyume

Rezyumengizni qoldiring

Rezyume kadrlar bazasida saqlanadi. Mos o'rin ochilsa, ko'rsatgan telefoningizga qo'ng'iroq qilamiz.

Savollar uchun+998 90 905-15-57

Kasbingizni biz bilan boshlang

Onlayn ariza
© 2026 «ZANGIOTA TUMAN 2-SON TEXNIKUMI» davlat muassasasi · STIR 207042490 · Sayt: MXMEDIA